Farmon kuchga kirdi: Qozog`iston poytaxti Nur-Sulton nomidan Ostonaga qaytarildi

Qozog`iston Prezidenti Kosim-Jomart Tokaevning respublika poytaxti Ostona, deb qayta nomlash to`g`risidagi farmoni bugun “Kazaxstanskaya pravda” rasmiy gazetasida e`lon qilinganidan so`ng kuchga kirdi.

 

Ma`lum qilinishicha, bu shahar nomining oltinchi o`zgarishi. Bundan avval, shaharni Nur-Sulton etib Prezident Tokaev tashabbusi bilan 2019 yil mart oyida birinchi prezident Nursulton Nazarboev sharafiga o`zgartirildi.

 

2022 yil sentyabr oyi boshida Yangi Qozog`iston deputatlar guruhi respublika poytaxtini o`zining sobiq nomi Ostona deb qaytarish tashabbusi bilan chiqdi. 

Реклама на Unews

“Biz shaharga insonning tirikligida uning nomi berilishini noto`g`ri deb hisoblaymiz, bundan tashqari, xalq ham poytaxtning yangi nomini qabul qilmadi”, — deyiladi deputatlar bayonotida.

Ma`lumot uchun: poytaxtning sobiq nomini qaytarish tarafdori bo`lgan ko`plab deputatlar 2019 yilda Ostona nomini Nur-Sultonga o`zgartirishni “ yoqlab ” ovoz bergan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring