Farg`onalik qiz IIB xodimini “jihod”ga chorladi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarsiz hayotimizni tasavvur etish qiyin. Ulardan unumli foydalanayotganlar juda ko`p. Kimgadir muloqot maydoni, yana kimgadir dastyor, deb yozmoqda "Darakchi.uz " nashri.

Afsuski, ba`zi yoshlarimiz tarmoqdagi qarmoqqa ilinib, yot g`oyalar targ`iboti bilan shug`ullanmoqda. Farg`ona viloyati Yozyovon tumanida yashovchi Karima Odilova (ism sharifi o`zgartirilgan) ham ana shulardan biridir. Bu voqeani UzA batafsil yozmoqda. 

Karima hali hayotning oqu qorasini tanimagan, endigina 22 yoshni qarshi olyapti. Bir oilaning bekasi bo`lish o`rniga noto`g`ri qadam bosdi. Diniy qiziqishi tufayli “telegram” tarmog`ida taqiqlangan aqidaparastlikni targ`ib qiluvchi kanallarga qo`shilib qoladi. Bu qiz ijtimoiy tarmoqdagi “tanishi”ning ko`rsatmalari asosida aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan audio va video materiallarni tarqatish bilan shug`ullangan. Oila a`zolari qizidagi o`zgarishlarni sezsa-da, bunga e`tiborsiz bo`lgan.

Реклама на Unews

U "Mujohid" nomli akkaunt foydalanuvchisidan ichki ishlar xodimiga turmushga chiqib, o`ziga ergashtirib, u bilan “jihod” qilish topshirig`ini oladi. K. Odilova IIB profilaktika inspektorini Yu.O.ni telefon raqamini topib, bir necha kun davomida unga turli diniy aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan, jihodga chorlovchi materiallarni jo`natgan. Agarda uni fosh qilsa, inspektor va uning oilasiga tahdid mazmunidagi materiallarni yuboradi. Tezkor tadbirlar natijasida mazkur materiallarni yuborgan K. Odilova aniqlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Shuningdek, bu qiz Farg`ona politexnika instituti talabasi bilan telegram orqali tanishib, unga diniy mazmundagi materiallarni yuborgan hamda bir qator topshiriqlarni bergan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo`yicha qo`mitaning sud-adabiyotshunoslik ekspertizasi xulosasiga ko`ra, yuborilgan audio, video va boshqa formatdagi materiallar amaldagi davlat tuzumini Konstitusiyaga xilof ravishda o`zgartirishga xizmat qilishi, aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgani, shu sababli ularni O`zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatish taqiqlanishi ko`rsatilgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Yozyovon tuman sudi tomonidan unga nisbatan tegishli moddalar bilan 5 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlab, Jinoyat Kodeksining 72-moddasi tartibida 3 yil sinov muddati belgilandi.

Реклама на Unews

Bilib-bilmay noto`g`ri qo`yilgan qadamga o`z vaqtida chora ko`rildi. Bir navqiron yoshga jamiyatdan ajratmagan holda tuzalishiga imkon berildi. Agar bu holat o`z vaqtida aniqlanmaganida qanchalab odamlar soxta aqidaning qurboniga aylanardi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring