Farg`onalik bog`bon Hajga atalgan pulidan mahallaga svetofor o`rnatdi

Farg`ona viloyati Bog`dod tumani Paxtaobod mahallasida yashovchi Isaqjon Umrdinov serqatnov yo`ldagi chorrahaga svetofor o`rnatish tashabbusi bilan chiqdi.

Mahalla ahli esa buni qo`llab-quvvatladi.

Ko`pchilikning mushkulini oson qilish, ko`mak berish savobli ish. Oramizda shunday insonlar borki, ana shunday ezgu ishlarga bosh bo`ladi.

Реклама на Unews

-Isaqjon ukamiz - mirishkor bog`bon, "Isaqjon mirob bog`i" nomli bog`dorchilik fermer xo`jaligi rahbari, -deydi mahalla fuqarolar yig`ini raisi  Vahobjon Ziyaev. -Bir necha yildan beri muborak haj ziyoratiga borishni niyat qilib yuribdi. U bir xayrli tashabbusni ilgari surib qoldi: qishlog`imizdan o`tgan avtomobil yo`li juda serqatnov, shu chorrahaga svetofor o`rnatilsa-yu, men shunga homiy bo`lsam, deb. To`g`risi, butun paxtaobodliklar bu ezgu ishdan sevindi. Saxovatpesha insonlar ko`paysin, deb duo qilyapti xalqimiz.

Mazkur chorraha chindan ham tiqilinch: bir tomonda "Mulla A`lam" masjidi, narigi tomonda esa maktab joylashgan. Chorrahani kesib o`tish qiyinchilik tug`dirar edi. Xullas, bu chorrahadan o`tish juda qiyin edi. Isaqjon akaning beminnat ko`magi bilan minglab qishloqdoshning mushkuli oson bo`ldi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring