Farg‘onada voyaga yetmagan farzandi uchun otadan 4000 AQSh dollari undirildi

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 22.07.2014 yildagi 36129/14-sonli sud buyrug‘iga asosan qarzdor I.Xusanovdan undiruvchi M.Mavlonova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor I.Xusanovdan aliment pullari muntazam ravishda o‘z vaqtida to‘liq undirib kelingan hamda undiruvchi M.Mavlonovaga topshirilgan. 

2020 yil dekabr va joriy yilning yanvar oyi uchun hisoblangan 800 ming so‘m aliment to‘lovini to‘lash uchun Byuroning Farg‘ona tuman bo‘limiga kelgan qarzdor I.Xusanovga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yildagi “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 808-sonli qarori mazmun-mohiyati tushuntirilganida ota o‘z farzandlari uchun ular voyaga yetgunlariga qadar bo‘lgan 40 mln. 800 ming so‘m aliment to‘lovlarini to‘liq to‘lab berish imkoniyatiga ega ekanligini ma’lum qilgan.

Реклама на Unews

Shunga ko‘ra, joriy yilning 30 yanvar kuni M.Mavlonovaning roziligi asosida qarzdor I.Xusanov tomonidan taqdim etilgan 4000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘i xolislar ishtirokida unga topshirildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring