BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Farg`onada o`zini yoqib yuborgan ayol shifoxonada vafot etdi

Bu haqda Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi ma`lum qildi.

Joriy yilning 2 avgust kuni Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi binosining kirish qismida o`ziga benzin sepib, yoqib yuborgan 47 yoshli ayol — Sanobar Haydarova shifoxonada vafot etdi.

 

Ayol bugun, 10 avgust kuni soat 07:05 da Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg`ona filialida vafot etgan.

Eslatib o`tamiz, uning o`z joniga qasd qilishiga, ishdan bo`shatilgani sabab ekani aytilgan edi. Ma`lum bo`lishicha, u oilada yolg`iz boquvchi bo`lgan. Turmush o`rtog`i ishsiz, 4 nafar farzandi bo`lgan

 

Fikr qoldiring