Farg‘onada ishlab chiqarilayotgan kislorod konsentratorlari bilan bog‘liq mojaro bo‘yicha izoh berildi!

Avvalroq “Greyt Qo‘qon” MCHJ korxonasi kislorod konsentratorlarini Xitoydan olib kelib, o‘zining yorlig‘ini bosib sotayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Ma’lum bo‘lishicha, “Great Qo‘qon” MCHJ kislorod konsentratorini Xitoy Xalq Respublikasidan to‘liq sotib olib kelmagan. Balki Xitoy Xalq Respublikasining “MIC Medisal Co.Ltd” kompaniyasi va mahalliy ishlab chiqaruvchi “Qo‘qon” EIZda bugungi kunda faoliyat olib borayotgan korxonalardan ehtiyot qismlar sotib olinib, korxona tomonidan 5 litrlik kislorod konsentratorini yig‘ish jarayonlari amalga oshirilmoqda.

«Bugungi kunda Xitoyda 5 litrlik kislorod konsentratorlarning narxi 300-400 AQSh dollari miqdorida bo‘la turib, bizning korxonamizda yig‘ilayotganining narxi 290 AQSh dollarini tashkil etmoqda. Agar biz kislorod konsentratorini Xitoy Xalq Respublikasidan tayyor holda olib keladigan bo‘lsak, yo‘l harajatlari, bojxona boji va qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovlari bilan 300-400 AQSh dollarilik mahsulotlar 355-470 AQSh dollarga tushadi.Biz mahsulotni olib kelib, shuncha sarf harajatlarni to‘lab, mahsulotimizni 60 yoki 180 AQSh dollari miqdoridagi zararga sotishimiz kerak bo‘ladi», — deyiladi bayonotda. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring