Farg‘onada hakamga akrobatik usulda kim zarba bergani va tartibsizlikda qatnashgan 8 kishi ushlangani ma’lum bo‘ldi

Farg‘onada hakamga akrobatik usulda kim zarba bergani va tartibsizlikda qatnashgan 8 kishi ushlangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda viloyat huquq tartibot organlari xabar qildi, deb yozmoqda "everyday.uz" nashro.

Ma’lum bo‘lishicha, kechagi «Neftchi» va «Turon» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng hakamni akrobatik usulda tepgan o‘yinchining kim ekani aniqlangan. U ikkinchi bo‘limning o‘rtalarida maydonga tushgan, 98-raqamdagi Jamshid To‘raqulov ekani ma’lum qilindi. Hozirda
o‘sha o‘yindan so‘ng tartibsizlikda qatnashgan 8 nafar fuqaro qo‘lga olingan. Ular orasida «Neftchi» futbolchilari yo‘qligi aytilmoqda. Chunki jamoa o‘yindan so‘ng to‘liq tarkibda avtobusda jo‘nab ketgan.
Фарғонада ҳакамга акробатик усулда ким зарба бергани ва тартибсизликда қатнашган 8 киши ушлангани маълум бўлди
 
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisada aybdor bo‘lganlarning barchasi jazolanishini ma’lum qildi. Shuningdek, hakamlarda tashqi jarohatlar aniqlanmagan bo‘lsada, ular ekspertiza uchun tekshirilishi bildirildi. Lekin xabarlarda qanot hakamlaridan birining boshi yorilgani aytilmoqda.
 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!
 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring