Farg‘onada 27 yoshli yigit 37 yoshli ayolni uchrashuvga chaqirib, tunab ketdi

Farg‘onada 27 yoshli yigit 37 yoshli ayolni uchrashuvga chaqirib, tunab ketdi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar qildi, deb yozmoqda "everyday.uz " nashri.

Ma'lum bo’lishicha, shu yil 31 may kuni 37 yoshli ayolni avvalroq telefonda tanishgan 27 yoshli tanishi uchrashuvga taklif etadi. Ular YAypan shahrining markazida uchrashishadi. Shundan so’ng yigit ayolni uyiga olib boraman deb, xilvat joyga kelganda uni urib, 2 mln 100 ming so’mlik taqinchog‘ini olib, qochib ketadi.

Tezkor tadbir natijasida huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan yigit qo’lga olinadi. Hozirda ushbu holat bo’yicha jinoiy ish qo’zg‘atilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring