Farg`onada 19 yoshli qizning 3 kishi tomonidan bir oy davomida ushlab turilgani va zo`rlangani yuzasidan tekshiruv xulosalari ma`lum qilindi

Ijtimoiy  tarmoqlarda Quva tumanida ayolni uch nafar shaxs zo`rlik ishlatib olib ketib, bir oy davomida ushlab turganligi va nomusiga tekkanligi haqida  xabarlar tarqalgan. Mazkur holat yuzasidan Farg`ona viloyati prokuraturasi o`rganish natijalarini ma`lum qildi. 

Aniqlanishicha, fuqaro S.R. (2001 y.t.) 22.09.2020 yilda Quva tumani IIBga murojaat qilib, uni 25.03.2020 yilda fuqaro T.S. Quva tumanidagi ko`p qavatli uylarga olib borib, voyaga etmagan D.J. va S.K. lar bilan birga uni va V.M. ismli ayolni bir oy davomida asossiz ushlab turganligi, zo`rlik ishlatib nomusiga tekkanligini bildirgan.

Murojaat yuzasidan Quva tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilib, S.R.ni zo`rlik ishlatib nomusiga tegilganligi, olib ketilganligi va asossiz ushlab turilganligi haqidagi vajlari ekspertiza xulosasi, tushuntirish xatlari va ish yuzasidan to`plangan boshqa hujjatlar bilan o`z tasdig`ini  topmagan.

Реклама на Unews

Murojaat yuzasidan Quva tumani IIB tomonidan oxirgi marotaba 12.12.2020 yilda jinoyat ishi qo`zg`atish rad qilingan.

O`rganish davomida tekshiruv jarayonini bevosita nazorat qilgan Quva tumani prokuraturasi xodimlari xatti-harakatlarida qonun buzilishi holati aniqlanmadi, deyiladi rasmiy xabarda. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 19-01-2021 Begzod

    Chuquri tekwiriw kerak bunaqala kuoayib ketti aybini yawiriw yularini bilib oliwgan

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish