Farg‘onada 16 yoshli yigit akasining qarzini to‘lash uchun jinoyatga qo‘l urdi

Farg‘ona viloyati. 2021 yil 08 dekabr kuni soat 20:35 larda Qo‘qon shahrbda yashovchi 60 yoshli R.M. Farg‘ona viloyati IIB “102” xizmatiga murojaat qilib, unda Qo‘qon shahar Sharq mavzesi 9-sonli ko‘p qavatli uyning yonida joylashgan avtoturargohdan “Gaz-3102” rusumli avtomashinasini noma’lum shaxs olib qochganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni voyaga yetmagan 16 yoshli T.O. avtomashinaning eshiklarini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, avtomashina qulfini buzib, elektr kabellarini ulash yo‘li bilan o‘t oldirib, olib qochib ketib, Buvayda tumani Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi fuqaro P.E.,ga akasining qarzi evaziga garovga berib yuborganligi aniqlangan. Olib qochilgan “Gaz-3102” rusumli avtomashina E.P. , dan xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi TB tomonidan voyaga yetmagan T.O., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Реклама на Unews

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring