Facebook mobil ilovasi ko‘pchilik kutgan rejim bilan yangilanyapti

Bir qator ijtimoiy tarmoq va messenjer ilovalariga egalik qiluvchi Facebook kompaniyasi asta-sekinlik bilan ularga to‘qrang interfeysni qo‘shib kelmoqda. Tungi rejim allaqachon WhatsAppInstagramFacebook Messenger kabilarda mavjud.

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining desktop versiyasida ham to‘qrang rejim joriy etilgan, nihoyat, ushbu opsiya uning mobil ilovasiga ham qo‘shila boshladi. Tungi rejim hozircha iOS tizimi uchun chiqarilgan Facebook kliyentiga, shunda ham bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Ilovasiga ushbu opsiya kelgan foydalanuvchilar esa uning skrinshotlarini Twitter’da ulashishga tushib ketishgan:

Реклама на Unews

Facebook’ning to‘qrang rejimi barcha ayfonlarga qachon joriy etilishi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqning Android kliyentiga qachon chiqishi hozircha noma’lum.

Darvoqe, kuni kecha e’lon qilingan eng innovatsion kompaniyalar reytingida Facebook qaysi o‘rinda turishini bilasizmi? Tag‘in u koronavirusdan foyda olayotgan IT-kompaniyalar top-o‘ntaligiga ham kirgan. Kompaniya asoschisi Mark Sukerberg pandemiya davrida o‘z boyligini 25.3 milliard dollarga oshirib olgan. Lekin Telegram asoschisi Pavel Durov uni sudga bermoqchi bo‘lib yuribdi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring