Exportchi korxonalar uchun Prezidentning muhim qarori qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoat tarmoqlaridagi 9 oylik natijalar va yil yakunigacha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

– Sanoat korxonalari boshqaruv tizimida muammolar bor. Mahsulotlar tannarxini tushirish kerak. Bu raqobat muhitini yaratishning muhim asosidir, – deya ta’kidladi Prezident.

Yig‘ilishda ishlab chiqarishni kengaytirish orqali eksport hajmini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Реклама на Unews

– Bugun eksportchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish bo‘yicha farmonni imzoladim. Endi bunday korxonalar uchun yangi tashkil qilinayotgan Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi. Shu maqsadda jamg‘armaga 100 million dollar berilmoqda. Bu, o‘z navbatida, mahsulotlarni tashqi bozorlarga uzluksiz yetkazib berish uchun korxonalarning aylanma mablag‘lariga yo‘naltiriladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring