Evropa Covid-19 infeksiyasining episentri – JSST

Qator mamlakatlarda kasallanish holatlari statistikasi yoz va kuz ko`rsatkichlariga nisbatan o`n baravar ko`paygan.

2021 yil noyabr oyining birinchi yarmida deyarli har kuni Germaniyada koronavirus bilan kasallanganlar sonining yangi cho`qqisi qayd etilmoqda.

Boshqacha qilib aytganda, to`rtinchi to`lqin boshqa ko`plab mamlakatlar singari Germaniyaga ham keldi. Germaniya sog`liqni saqlash vaziri Yens Shpan hozirgi vaziyatni "emlanmaganlar pandemiyasi" deb atadi.

Реклама на Unews

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bugungi kunda kasalxonaga yotqizilgan va COVID-19 dan vafot etgan ko`pchilik odamlar to`liq emlanmagan. Vaksinalar o`ziga yuklatilgan vazifani, ya`ni jiddiy kasalliklar va o`limlarning oldini olishni uddalamoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring