Ertaga Toshkentdagi bir qancha hududlar vaqtinchalik gaz ta’minotidan uziladi

Toshkent shahar hokimligining ma’lum qilishicha, Yunusobod tumani, “Qoraqamish” ko‘chasida joylashgan “LEP” stansiyasini boshqa joyga ko‘chirishi sababli yer osti gaz quvurini kesish va ulash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqida "Sof.uz" nashri xabar bermoqda.

Ushbu ishlar, ertaga 28 may soat 11:00 dan 18:00 ga qadar amalga oshiriladi va quyidagi tabiiy gaz iste’molchilariga gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:

Yunusobod tumanidagi aholi va ulgurji iste’molchilar:

Реклама на Unews

  • - Yunusobod 2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14 va 15-mavzelaridagi ko‘p qavatli uylar;
  • - “Yo‘l ariq” MFY;
  • - “Kulol qo‘rg‘on” MFY;
  • - “Yunusobod” MFY;
  • - “Bobodehqon” MFY;
  • - “Otchopar-1” va “Otchopar-2“ MFY;
  • - “Hiyobontepa” MFY;
  • - “Bodomzor” MFY;
  • - “Yangi tarnov” MFY;
  • - “Bog‘i Bo‘ston” MFY;
  • - Shayx Shivli MFY;
  • - Firdavsiy MFY;
  • - “Matonat” MFY;
  • - “Minor“ MFY;
  • - G‘ayratiy MFY;
  • - Islomobod MFY.

“Hududgaz Toshkent shahar” MChJ yetkazilayotgan noqulayliklar uchun gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring