Ertaga Sergelida aholining bir qismi gazsiz qoladi

Toshkentning shahrining Sergeli tumani “Qum Ariq” mahallasida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri. 

Ertaga, 14 yanvar kuni soat 11:00 – 16:00 oralig‘ida “Sergelitumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tumandagi “Qum Ariq” MFYdagi kirish ko‘chalaridagi elektr gaz hisoblagich uskunalarni Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish ishlari olib boriladi.

Shu sababli “Qum Ariq” MFYdagi 298 ta yerli aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. 

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring