Ertaga poytaxtning ikki tumanida tirbandlik yuzaga kelishi mumkin. Sababi...

Ertaga, 17 aprel kuni soat 07:30dan 13:30ga qadar Salar – Yalang`och stansiyalari  oralig`ida, ya`ni 2 piketning 4-kilometridan 5-kilometrigacha bo`lgan masofadagi temir yo`lni yangilash (reablitasiya) ishlari amalga oshiriladi.Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJning Matbuot xizmati ma`lum qildi.

 Xabarga ko`ra, bu jarayonda og`ir texnikalardan foydalaniladi.

    

Реклама на Unews

Shu sababdan, Mirzo Ulug`bek tumanining Shahriobod ko`chasi hamda Yunusobod tumanining Bog`ishamol ko`chalarida tirbandlik yuzaga kelishi mumkin.  

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun oldindan uzr so`ragan holda, haydovchilardan harakat xavfsizligini ta`minlashda faol bo`lishlarini so`rab qoladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring