Ertaga O`zbekistonga Ural hududlaridan deyarli sovuq antisiklon kirib kelishi bashorat qilinmoqda

Sinoptiklarning ma`lum qilishlaricha, bugun O`zbekiston bo`yicha kam bulutli ob-havo bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog`istonning shimoliy tumanlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kunning o`rtasiga kelib, havo 24-27° iliqgacha isiydi.

20-21 aprelda O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari, so`ng Ural hududlaridan deyarli sovuq antisiklon kirib keladi.
20 aprelda kunduz kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida faqat ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kechasi 12-17° iliq, kunduzi 17-22° iliq atrofida bo`ladi.
21 aprelda respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Kunduzgi havo harorati 13-18° iliqgacha pasayadi.

Respublikaning ayrim tumanlarida 20-21 aprelda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Реклама на Unews

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida 20-21 aprelda yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, sel kelishi xavfi bor. Ish haftasining ikkinchi yarmida O`zbekistonning barcha hududlari bo`yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo`ladi.

22 aprelda sovuq antisiklon periferiyasida harorat kechalari 3-8° iliqgacha pasayadi, kunduz kungi harorat esa asta-sekin ko`tarila boshlaydi va kunduzi havo 17-20° iliqgacha isiydi, 23 aprelda esa 22-25° iliqgacha ko`tariladi.

Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida 2200 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor.

Реклама на Unews

21-24 aprel kunlari O`zbekistonda ob-havo quyidagicha kuzatiladi:

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan  7-12 m/s tezlikda esadi, 21 aprelda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 aprelda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 22 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 23 aprelda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 22-27° iliq, 24 aprelda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 22-27° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan  7-12 m/s tezlikda esadi, 21 aprelda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 aprelda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 22 aprelda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 20-25° iliq, 23 aprelda kechasi

8-13° iliq, kunduzi 25-30° iliq, 24 aprelda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 25-30° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, 21 aprelda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 22-24 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 aprelda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 aprelda kechasi

7-12° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 22 aprelda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 23 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq,

24 aprelda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 22-27° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan  7-12 m/s tezlikda esadi, 21 aprelda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 aprelda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 20-25° iliq, 22-23 aprelda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 23-28° iliq, 24 aprelda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 25-30° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, 21 aprelda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 22-24 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 aprelda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 aprelda kechasi

10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 22 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 23 aprelda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 18-23° iliq,

24 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, 21 aprelda yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 22-24 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2200 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 aprelda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliqdan 2° sovuq-3° iliqgacha o`zgarib turadi, kunduzi 21 aprelda 4-9° iliq bo`ladi, 22-24 aprelda 12-17° iliqgacha ko`tariladi.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring