Ertaga O`zbekistonga Rossiyaning 2 ta hududidan charter reys keladi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ertaga, 3 iyul kuni tashkil etiladigan charter reyslar jadvalini ma`lum qildi. Unga ko`ra, deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri. 

 

Toshkent – Novosibirsk – Toshkent

Реклама на Unews

Toshkent – Qozon – Toshkent charetr reyslari amalga oshiriladi. 

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.

Реклама на Unews

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.  

O`zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o`z xohishiga ko`ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta`minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o`tkazishi mumkin.

Eslatib o`atmiz, bugun Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent va Toshkent – Riga – Toshkent charter reyslari amalga oshiriladi. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring