Ertaga maktab o‘quvchilari uchun onlayn bitiruv kechasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun bitiruv oqshomi 13 iyun kuni onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Bitiruv oqshomi onlayn tarzda 13 iyun kuni soat 18:00da bo‘lib o‘tadi.

“Unda Respublikaning barcha burchaklaridan ulanadigan bitiruvchilar bilan jonli muloqot syurprizlar, sovg‘alar kutilmoqda. 

Реклама на Unews

Boshqa yillardan farqli o‘laroq, faqatgina sinfingiz yoki maktabingiz bitiruvchilari bilan emas, balki butun O‘zbekiston bitiruvchilari bilan nishonlanadigan noan’anaviy BITIRUV OQSHOMI o‘zgacha bo‘ladi”, deyiladi xabarda.  

Sobiq bitiruvchilar, o‘qituvlar, ota-onalar Siz ham ertaga bo‘ladigan katta tantanada  ishtirok etishlari mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, 2019-2020 o‘quv yili natijalariga ko‘ra, 9-sinfni jami 490 mingga yaqin va 11-sinfni 451,3 mingdan ziyod o‘quvchi bitirdi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring