Ertadan O`zbekistonda karantin kuchaytiriladimi? Nurmat Otabekov javob berdi

Mamlakatimizdagi pandemik vaziyat, koronavirus bilan bog`liq so`nggi yangiliklarga oid SSV Matbuot xizmati savollariga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Nurmat Atabekov javob berdi.

—   Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 25 dekabridan karantin choralari kuchaytiriladi, degan mish-mishlar tarqaldi. Bu gaplarda asos bormi?

—  Xalqimizda “niyatga yarasha beradi” degan gap bor, bilmadim, ba`zi shaxslar bu kabi mish-mishlarni yaxshi niyatda tarqatishayaptimi yoki doim shunday “sovuq” niyat qilishga o`rganib qolishganmi? Deylik, karantin tadbirlari qaytadan kuchaytirilsa, aniqroq aytganda, uydan chiqish, ishga borish, harakatlanish, qo`yingki, shu kabi barcha erkinliklar chegaralansa, bundan kimga va qanday naf?! Dunyo hamjamiyatida vaziyat o`ta og`ir bo`lib turgan bir paytda va yurtimizda karantin tadbirlarining birmuncha yumshatilishi mavjud epidemik vaziyatga salbiy ta`sir qilishi mumkinligini to`liq anglagan holda Respublika maxsus komissiyasining cheklov tadbirlarini birmuncha yumshatishga qaror qilgani bu pandemiyani jilovlash tadbirlariga jalb etilgan sohalarga katta ishonch namunasi, desak xato bo`lmaydi.

Реклама на Unews

Albatta, bu kabi qarorlar qabul qilinishidan oldin barcha shart-sharoitlar o`rganib chiqiladi, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolar va ularning echimi bo`yicha imkoniyatlar tarozining ikki pallasiga qo`yiladi, har tomonlama xisob-kitoblar qilinadi, eng asosiysi, xalqning kayfiyati, sharoiti, imkoniyatlari va muammolari har tomonlama o`rganiladi.

Ta`kidlanganlardan kelib chiqib, yuqoridagi kabi mish-mishlarni tarqatayotgan shaxslarga aytmochimiz: xalqni besaranjom qilib, chalg`itib, qo`rqitib yoki xavotirga solib baraka topmaysiz, Respublika maxsus komissiyasi a`zolari esa karantin tadbirlarini kuchaytirish haqida hozircha o`ylab ko`rishmadi, Negaki, bugun bu kabi cheklovlar haqida o`ylash uchun umuman asos yo`q, yurtimizda koronavirus kasalligi bo`yicha barqaror epidemik vaziyat hukm surmoqda.  

Sog`liqni saqlash vazirligi

Реклама на Unews

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring