Eronda koronavirusdan kunlik o‘lim ko‘rsatkichi rekord darajaga yetdi

Eronda so‘nggi sutka davomida koronavirus infeksiyasidan 279 ta o‘lim holati qayd etildi, deb xabar qildi IRNA agentligi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Chorshanba kuni Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Sima Sadat Lari so‘nggi bir kunda koronavirusdan 279 kishi vafot etganini aytdi. Shunday qilib mamlakatda COVID-19dan vafot etganlar jami soni 29 605 kishiga yetdi.

Vazir, shuningdek, kecha koronavirus infeksiyasining 4616 ta yangi holati qayd etilganligini ta’kidladi. Ularning 2237 nafari kasalxonaga yotqizilgan.

Реклама на Unews

Mamlakatda davolangan bemorlarning umumiy soni 418 000 kishini tashkil qiladi. Mamlakatdagi 4609 bemorning ahvoli og‘ir. Ular reanimasiya bo‘limida davolanmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring