Energetika vazirligi deputat Rasul Kusherbayevning gaplariga e’tiroz bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi deputat Rasul Kusherbayevning gaplariga e’tiroz bildirib, quyidagilarni ma’lum qiladi,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

«O‘zbekneftegaz» AJga 401 mlrd. so‘mlik subsidiya, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ uchun 500 mlrd. so‘mlik subsidiya va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ uchun 250 mlrd. so‘mlik subsidiya shaklida davlat  yordamining ko‘rsatilishi iste’molchilarni, eng avvalo O‘zbekiston aholisini  muntazam ravishda sifatli gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlash zaruriyati bilan izohlanadi.

Qayd etish zarurki, ushbu mablag‘larning ajratilishi to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Prezidentining qaroriga asosan maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan.

Реклама на Unews

Ma’lumki, elektr va gaz ta’minoti sohalari barqaror faoliyat yuritishi uchun katta moddiy xarajatlar talab qilinadi. Bu eng avvalo, har kunlik jarayon bilan bog‘liq bo‘lib, unda ulkan sanoat zanjiri ishtirok etadi. Ushbu zanjir tarkibida elektr energiya ishlab chiqaruvchi, yer qa’ridan gaz oluvchi, uni yetkazib berish, taqsimlash bilan, ayni paytda gaz va elektr ta’minoti tizimlarining holatini kuzatish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar mavjud.

Bundan tashqari, har yili yoz faslida bu sohada butun tizimni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, yilning sovuq faslida uzulishlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘shimcha ishlar olib boriladi.

Ayni paytda, karantin davrida O‘zbekiston aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida elektr energiya va gaz ta’minotidan ularning iste’moli uchun o‘z vaqtida haq to‘lamaganlarni tarmoqdan uzmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Shu sababli elektr energiyasi va gaz yetkazib berish bo‘yicha butun tizimning faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar bilan ularning iste’moli uchun kelib tushayotgan mablag‘lar o‘rtasida uzulish vujujga keldi.

Реклама на Unews

Faoliyatimizning bosh samarasi – aholini zarur elektr energiyasi va gaz bilan barqaror ravishda ta’minlashdan iborat.

Bu ish esa, mazkur soha mutaxassislari, COVID-19 tarqalgan xavfli bir sharoitda, masofali ishlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan holda, o‘z ish o‘rinlarini tark etmay, faoliyat yuritib kelayotgan minglab mutaxassislar tomonidan ta’minlanmoqda.

Ayni paytda, to‘lovlar bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangach, davlat tomonidan sohani qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan mablag‘lar byudjetga qaytariladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, deputat R.Kusherbayevning balandparvoz fikrlarni bildirishdan avval o‘zi tilga olgan tuzilmalarga murojaat qilgan taqdirda, u shubhasiz tegishli javoblarni olgan bo‘lar edi. Mas’uliyati shaxslar tomonidan bildiriladigan fikrlar masalaning mohiyatini yaxshi bilishga asoslanishi kerak. Buning natijasida faqat asossiz da’volarga o‘rin qolmas edi.

Qo‘lda deputatlik mandati bilan o‘z sog‘ligini xavf ostiga qo‘yib, barcha sanitariya-gigiyena talablariga amal qilgan holda pandemiya sharoitida o‘zining jasoratli mehnatini davom ettirayotgan mutaxassislarning ishiga e’tibor bermaslik mumkindir. Aslida esa masalaning mohiyatiga yetish uchun joylarga, hududlarga borish, ushbu mutaxassislar bilan uchrashish lozim edi.

Ushbu davrda iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar dunyoning barcha mamlakatlarida qabul qilinmoqda, Yevropa komissiyasi, AQSh hukumati va boshqa mamlakatlar hukumatlari tomonidan qabul qilinmoqda.

O‘zbekistonda ham iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring