Endilikda tadbirkorlarga "valyutafurushlik" bilan shug`ullanishga ruxsat beriladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqobat muhitiga salbiy ta`sir ko`rsatadigan to`siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati yo`nalishlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi.

Qaror bilan xususiy sektorga o`tkaziladigan, shuningdek, davlat xususiy-sheriklik asosida beriladigan faoliyat turlari ro`yxati tasdiqlanadi.

Ularning orasida valyuta ayirboshlash va moliyaviy xizmatlar ham bor. 

Реклама на Unews

Bu orqali:
1. Xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, norasmiy valyuta operasiyalari vujudga kelishini oldini olish, shuningdek, xizmatlarni uzluksiz ravishda (24/7 rejimda) ko`rsatish imkonini yaratish maqsadida xususiy tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko`rsatishga ruxsat berish.

2. Moliyaviy xizmatlar ko`rsatish bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlik sub`ektlariga kredit uyushmasi xizmatlar bozoriga kirish imkoniyatlarini yaratish ko`zda tutilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring