Endilikda maktab direktorlariga ham oylik ustamalar to`lanishi mumkin

Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o`rta ta`lim muassasalarining o`rnak ko`rsatgan xodimlarini moddiy rag`batlantirish tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-son qaroriga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.  Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. 

Kiritilgan qo`shimchalarga ko`ra, maktablarning pedagog xodimlari xalqaro tadqiqotlarga o`quvchilarni tayyorlab borish ishlariga munosib hissa qo`shgan taqdirda bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz ustama qo`shiladi.

Ilgari ushbu ustama pedagog xodimlar faoliyati davomida yuqori natijalar ko`rsatgan taqdirda to`langan.

Реклама на Unews

100 foizlik ustama olishga da`vogar pedagog xodimlarning mashg`ulot olib boradigan fanlari bo`yicha o`quvchilarining bilimlari xalqaro baholash dasturlari integrasiya qilingan nazorat materiallari asosida baholanadi.

 Bunda nazorat materiallari Ta`lim sifatini baholash bo`yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi bilan hamkorlikda Respublika ta`lim markazi tomonidan tayyorlanadi.

Ilgari nazorat materiallari Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta`limi boshqarmalari tomonidan tayyorlangan.

Реклама на Unews

Shuningdek, endilikda o`quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida g`oliblikni qo`lga kiritganda maktablarning rahbar xodimlariga va soatbay ishlovchi o`qituvchilarga ham oylik ustamalar belgilanadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring