"Endilikda har bir tuman va shahar hokimlari qishloq vrachlik punktlariga boradi. Ular hamma qatori navbatda turib ko`rsin." -- Prezident sog`liqni saqlash tizimiga bag`ishlangan selektorda hokimlarni tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo`g`inini takomillashtirish hamda aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish chora-tadbirlari bo`yicha videoselektor yig`ilishi boshlandi. 

Ma`lum qilinishicha, Unda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarining vazifa va funksiyalarini qayta ko`rib chiqish, oilaviy shifokor institutini keng tatbiq etish, tibbiy yordam qamrovini kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda. 

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, davlat rahbari yig`ilish davomida amaldagi sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish zarurligi va bunga sabab bo`layotgan bir qator kamchiliklarni sanab o`tgan.

Реклама на Unews

Unga ko`ra, tizimda birlamchi bo`g`in bo`lmish qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar ish olib bormayotgani uchun hozirda aholi to`g`ridan to`g`ri markaziy poliklinika yoki shifoxonalarga murojaat qilmoqda va tor soha shifokorlarining 60 foiz vaqti maslahat berishga sarflanmoqda.

«Afsuski, bu bo`g`inning mas`uliyati va javobgarligi aniq belgilanmagan. 2019 yilda mamlakatimizda o`lim holatlarining 60 foizi tibbiyotning birlamchi bo`g`ini tomonidan oldini olish mumkin bo`lgan yurak qon-tomir tizimi kasalliklari hisobiga to`g`ri keladi.

Endilikda har bir tuman va shahar hokimlari qishloq vrachlik punktlariga boradi. Ular hamma qatori navbatda turib ko`rsin. Ko`rsin ish qanday tashkil qilinganini. Xo`sh, u erda avtomashina bormi, uning yoqilg`isi bormi? Ko`rsin hokimlar shuni.

Реклама на Unews

Endi biz joylardagi rahbarlarning ishini shunga qarab baholaymiz. Ular sinovdan o`tsa ishlaydi, bo`lmasa yo`q.

E`tibor bering, 23 ming bemor – gipertoniyadan, 7 ming – infarktdan, 5 ming – qandli diabetdan, 3,6 ming – insultdan vafot etgan», degan Shavkat Mirziyoev.

 

Prezident endilikda vazirlik faoliyatiga, uning kadrlar masalasiga aralashuvlar bo`lmasligini ham alohida ta`kidlagan.

«Bu talab joylarda hokimlarga ham tegishli. Biz tizimga yangi vazir qo`ydik. Uning qattiqqo`lligi, zamonaviy rahbarligini hamma bilishi, quloq solishi kerak. Endi ko`ngilbo`shlik ketmaydi. Hech kim bu tizimga aralasholmaydi», deya davlat rahbarining so`zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring