Endi xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo`ravonlik holatlari bo`yicha xabar berib boriladi

O`zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta`minlash masalalari bo`yicha komissiyasi tomonidan Birlashgan Millatlar tashkilotining Aholishunoslik jamg`armasi bilan hamkorlikda mamlakatimizda gender tenglikni ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida aholini tezkor va to`g`ri xabardor qilish uchun “Zo`ravonlikka yo`l yo`q” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida ijtimoiy tarmoqlarda maxsus sahifalar tashkil etilgan bo`lib, unda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo`ravonlik holatlari, vazirlik va idoralar tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida muntazam ravishda xabarlar berib borilmoqda.

Ayollarga nisbatan zo`ravonliklarning oldini olish borasida qilinayotgan ishlardan xabardor bo`lishni xohlasangiz, ijtimoiy tarmoqlardagi “Zo`ravonlikka yo`l yo`q! Net nasiliyu!” sahifalariga a`zo bo`lishingiz mumkin.

Реклама на Unews

Loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

telegramda: https://t.me/zoravonlikka_yol_yoq_netnasiliyu

feysbukda: https://www.facebook.com/netnasiliyu/  

Реклама на Unews

instagramda: http://instagram.com/zoravonlikka_yol_yoq

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring