Endi tabiatga zarar etkazganlik haqida xabar bergan shaxslarga pul mukofoti beriladi

“Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog`liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–4845-son, 29.09.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, hududlarda maishiy chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklikning yangi modeli bosqichma-bosqich joriy etiladi.

 Unga ko`ra, xususiy sherikka:

Реклама на Unews

* maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqib ketish bo`yicha xizmat ko`rsatish uchun tegishli hududlar biriktirib beriladi;

* davlat korxonalari hisobidagi chiqindi poligonlari uzoq muddatga foydalanishga beriladi* davlat korxonalari hisobidagi maxsus avtotransport vositalari va texnikalari 7 yilgacha muddatga bo`lib-bo`lib to`lash sharti bilan sotiladi.

 Ushbu sohada xususiy sektor ulushini 2022 yil yakuniga qadar 50 foizga etkazish belgilangan.  

Реклама на Unews

 2021 yil 1 yanvardan:

- hududlarda maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqib ketish bo`yicha xizmat ko`rsatish uchun majburiy to`lov tariflari dastlab narxlarni tartibga solish organlari xulosalari olinib, keyinchalik tegishligicha mahalliy Kengashlar qarorlari bilan ma`qullanganidan so`ng tasdiqlanadi;  

- maishiy chiqindilar bilan bog`liq ishlarni kompleks amalga oshirish klasterlariga xizmat ko`rsatish uchun biriktirib berilgan hududlarda ikkilamchi xom ashyoni (metall parchalari va chiqindilarini sotib olishdan tashqari) qabul qilish shoxobchalari orqali tayyorlash mazkur klasterlar tomonidan amalga oshiriladi;

- ikkilamchi xom ashyoni maishiy chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko`rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlarning roziligisiz ajratib olish va o`zlashtirish taqiqlanadi;

-  qurilish ishlarida hosil bo`ladigan chiqindilar birinchi navbatda takroriy foydalanish, qayta ishlashga yoki utilizasiya qilishga yo`naltiriladi;

-  xonadonlar soni 300 tadan ortiq bo`lgan ko`p qavatli uy-joylar maishiy chiqindilarni to`plash shoxobchalari bilan ta`minlanmagan bo`lsa, foydalanishga qabul qilishga ruxsat berilmaydi;

-  aholi tomonidan Davlat ekologiya qo`mitasining Internet tarmog`idagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksda belgilangan tartibda ko`rib chiqiladi;

  •  fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining 15 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag`batlantiriladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 01-10-2020 Damir

    Ishanorilar ana endi hammani qolida telefon boladi pista chaqqandayam ehtiyot bolila😄

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish