Endi supermarket va boshqa yirik do`konlarga kirishda xaridorlar bepul qo`lqop bilan ta`minlanadi

So`nggi haftalarda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining engil shakllari yoki kasallik alomatlarisiz o`tish holatlari ko`payganligini inobatga olib, shuningdek, Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining bu boradagi tavsiyalarini e`tiborga olgan holda fuqarolarning sog`lig`ini himoya qilish va xavfsizligini ta`minlash maqsadida maxsus komissiya tomonidan karantin shartlariga aytim o`zgarishlar kiritilmoqda. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq kuchaytirilgan sanitariya-gigiena nazoratini ta`minlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar belgilandi.  

Xususan, supermarket va boshqa yirik do`konlarda sanitariya-epidemiologik nazorat kuchaytirilmoqda, ushbu ob`ektlarning kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash, har bir fuqaroning tana haroratini o`lchab, 37*S va undan yuqori bo`lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo`lgan holatda ushbu majmualarga kiritmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda bo`lish talablari belgilanmoqda. 

Реклама на Unews

Fuqarolarning sog`lig`ini himoya qilish va xavfsizligini ta`minlash maqsadida supermarket va boshqa yirik do`konlarga kirishda ularni bepul qo`lqop bilan ta`minlash nazarda tutilmoqda. 

Bundan tashqari, Maxsus komissiyaning qarori bilan Toshkent shahri mahallalarida blokpostlar qayta tiklanishi belgilandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring