Endi Rossiyada ishlash uchun patentni O‘zbekistonda ham olsa bo‘ladi

2021 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekistonda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining pasport-viza xizmati vakolatxonasi ochiladi hamda ushbu vakolatxonada patentni tayyorlash, rasmiylashtirish va berish xizmatlari ko‘rsatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bugun, 14 sentyabr kuni imzolagan “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 yanvarga qadar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg (90 mingga yaqin mehnat migrantlari ishlamoqda), Novosibirsk (200 ming nafar), Samara (100 ming nafar), Ufa (70 ming nafar), Chimkent (100 ming nafar) va Istanbul (300 ming nafar) shaharlaridagi vakolatxonalari ochiladi. 

Chet davlatlarda murakkab moliyaviy ahvolga tushgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, mablag‘larsiz qolgan 10 mingga yaqin fuqarolarga 446 ming so‘m (40 doll) bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi hamda ushbu maqsadlarga 4,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi. 

Реклама на Unews

Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Turkiya Respublikalarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida advokatlik firmalari jalb qilinadi, onlayn platforma yaratiladi va Rossiya Federatsiyasi hududini doimiy xizmat bilan qamrab oladigan “Call-markaz” tashkil qilinadi. 

Shuningdek, xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga muntazam yordam ko‘rsatib kelayotgan shaxslarni “faxriy konsul” hamda “jamoat maslahatchisi” etib tayinlash hamda ularni davlat mukofotlari bilan taqdirlash amaliyoti joriy qilinadi. 

Diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalari huzurida xorijdagi vatandoshlar, yirik ish beruvchilar hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga muntazam ravishda yordam ko‘rsatib kelayotgan boshqa shaxslar ishtirokidagi Maslahat kengashlari tashkil etiladi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring