Endi ishlamaydigan fuqarolar ham pensiya olishlari mumkin bo‘ladi

«2021 yil uchun davlat dasturi loyihasida va dasturni amalga oshirish bo‘yicha prezident farmoni loyihasida pensiya va nafaqalarni tayinlashda fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida yangiliklar kiritish rejalashtirilgan.

Unga ko‘ra, 2021 yil 1 iyundan boshlab, pensiyalarni tayinlashda shaxsning ish haqi va mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasi yuritilmagan davr — 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi.

Bundan tashqari, uch yildan ortiq davr uchun tayinlangan yoki qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekshirish va ular bo‘yicha ortiqcha to‘lovini undirish bekor qilinadi.

Реклама на Unews

Ishlovchilar tomonidan ishlamaydigan turmush o‘rtoqlari kelgusida pensiya ta’minotiga ega bo‘lishlari uchun o‘z daromadlaridan ixtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi beriladi.

Pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga ko‘ra ro‘yxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi.

Pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz shaklda olish uchun arizalar fuqarolar tomonidan Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limiga murojaat qilmagan holda, tijorat banklarida plastik kartalarni ochish jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring