Endi ID-kartaga ega haydovchilardan haydovchilik guvohnomasini ko`rsatish talab etilmaydi

“Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (645-son, 15.10.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Axborot xizmati xabar qildi. 

 Qarorga ko`ra, 2022 yil 1 martdan:

Quyidagi xizmatlar YaIDXP orqali elektron shaklda ko`rsatiladi:

Реклама на Unews

➖ O`zbekistonga chet davlat fuqarosini taklif qilish;

➖ chet davlatda O`zbekiston fuqaroligini tasdiqlash bo`yicha tegishli hujjatlar va ma`lumotnomalar olish;

➖ sudlanganlik (sudlanmaganlik) haqidagi ma`lumotlar olish;

Реклама на Unews

➖ avtotransport vositalarida taqiq mavjudligini tekshirish;

➖ jazoni ijro etish muassasalari va manzil koloniyalarida saqlanayotganlarni ularning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv vaqtini belgilash.

 Haydovchining yo`l-patrul xizmati inspektoriga taqdim etilishi lozim bo`lgan hujjatlari yonida bo`lmagan taqdirda ular maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikasiya ID-kartasi orqali tekshiriladi.

Bunda, identifikasiya ID-kartaga ega fuqarolarga tegishli transport vositasi haydovchisidan quyidagilarni talab qilish amaliyoti bekor qilinadi:

➖ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;

➖ transport vositasini ro`yxatdan o`tkazganlik to`g`risidagi, transportga egalik qilish, egasi yo`qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;

➖ transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish bo`yicha sug`urta polisi.

2022 yil 1 fevralgacha sug`urta shartnomalari to`g`risidagi ma`lumotlar yagona axborot tizimiga to`liq kiritiladi.

 Qaror bilan shuningdek, Ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring