Emomali Rahmon ham Samarqandga etib keldi va tashrifni Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi
821 15-09-2022 0 O'zimizdaTojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon O`zbekistonga etib keldi, deya xabar bermoqda “darakchi.uz” muxbiri.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Xazrati Xizr majmuasiga borib, O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo`ydi va xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Реклама на Unews
Qur`on tilovat qilinib, buyuk davlat va siyosat arbobi yodga olindi.
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.