«Emlanganlar kasallikni yengil o‘tkazadi, reanimatsiyaga tushmaydi, o‘lim holati kuzatilmaydi»

Ayni daqiqalarda AOKAda «COVID-19»ga qarshi vaksinalarning aholi salomatligiga ta’siriga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

Ilg‘or texnologiyalar markazi biotexnologiya laboratoriya mudiri Dilbar Dalimova vaksina bo‘yicha muhim ma’lumotlarni taqdim etdi.

«Ko‘pchilik vaksina olgan bo‘lsa ham koronavirusga chalinanayotgani va vaksina yordam bermayotgani haqida aytishmoqda.

Реклама на Unews

Aslida bu noto‘g‘ri.

Vaksina albatta yordam beradi. Qachonki vaksinani to‘liq, barcha dozasini olsa, kasallikka qarshi immunitet paydo bo‘ladi va kasallikni yengish juda oson bo‘ladi.

Albatta, emlandi, degani bu — umuman kasal bo‘lmaydi, degani emas. Vaksina olgan kishi koronavirusni yengil o‘tkazadi, kasallik og‘ir oqibatlarga olib kelmaydi, reanimatsiyaga tushmaydi, o‘lim holati kuzatilmaydi. Eng asosiysi shu.

Реклама на Unews

Koronavirusning yangi shtammlariga nisbatan samaradorlik darajasi ham o‘rganildi. Albatta, yangi shtammlarga uning ta’siri kamayadi. Boshqa vaksinalar samaradorligi 10-15 foizga kamaygan bo‘lsa, O‘zbekiston-Xitoy hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining samaradorligi bor-yo‘g‘i 1,2 foizga kamaydi. Bu degani — vaksina boshqa shtammlarga nisbatan ham ishlaydi, degani», — deya ta’kidladi mutaxassis.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring