Ellikqal’ada yo‘lovchi poyezd 44 yoshli fuqaroni bosib ketdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida yo‘lovchi poyezd 44 yoshli fuqaroni bosib ketdi.

Voqea joriy yilning 24-mart kuni soat 16:00 larda 053-sonli «Qo‘ng‘irot-Toshkent» yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi «Ellikqala-To‘rtko‘l» bekatlari oralig‘i 552-kilometri 5-to‘sig‘ida harakatlanib o‘tayotgan vaqtida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, 1979-yil tug‘ilgan fuqaro X.Sh. ehtiyotsizligi sabab poyezd yo‘liga chiqib qolgan va natijada poyezd bosib ketgan. Fuqaro X.Sh. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Реклама на Unews

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan Orolbo‘yi transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring