Eldor Shomurodov: «O‘zbekistonda Yevropada o‘ynashga munosib iqtidorlar ko‘p

«Jenoa» klubi hamda O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyadagi faoliyati bilan o‘zbekistonlik futbolchilarga Yevropa sari yo‘l ochishni istayotgani haqida gapirdi.«Jenoa»ga o‘tishga rozilik berganimdayoq, Italiyada qanday qiyinchiliklarga duch kelishimni juda yaxshi tushunganman, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Oldimda o‘zimni ko‘rsatish uchun faqat bitta yo‘l bor edi – tinimsiz mehnat qilish.O‘zbekistonda Yevropada to‘p surishga munosib bo‘lgan o‘yinchilar ko‘p. Ehtimol, «Jenoa»dagi o‘yinlarim ularning ham bu yerga kelishlariga yordam berar. Shaxsan o‘zim ham shuni istayman. Bugungi kunda bu men uchun eng muhimi», - deydi Shomurodov La Gazzetta dello Sport bilan suhbatda.

Avvalroq, TuttoSport nashri Eldor Shomurodov A Seriyaning amaldagi chempioni «Yuventus» safiga o‘tishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Ammo «Jenoa» prezidenti Enriko Presiozi esa «Yuve» rahbariyati bilan yaxshi aloqada ekanligiga qaramay, o‘zbekistonlik forvardni mavsum yakunigacha hech qayerga qo‘yib yubormoqchi emas.

Реклама на Unews

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik 25 yoshli forvard o‘tgan mavsumda 7,5 million yevro evaziga «Rostov»dan «Jenoa»ga o‘tgandi. Eldor Italiya A Seriyasi joriy mavsumida 11 o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assistga mualliflik qilgan. 25 yoshli forvard so‘nggi uch o‘yinda jamoasining eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi. Futbolchining genuyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan-deya yozmoqda Tribuna.uz

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring