BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Ekranosti kamerali birinchi smartfonning “jonli” rasmlari va xususiyatlari

Kuni kecha ZTE kompaniyasi kutilmaganda yashirin selfi-kamerali ilk smartfonni e’lon qilgan edi. Uning taqdimoti yaqin, shekilli – qurilmaning suratlari va rasmlari TENAA regulyatorida qayd etildi, deb yozmoqda " terabayt.uz" nashri.

So’nggi xabarlardan ma'lum bo’lishicha, bu smartfon nomi ZTE A20 5G bo’lib, Snapdragon 765G protsessori bazasiga qurilgan. Kompaniya uni 6, 8 va 12 gigabaytlik tezkor va 64, 128 va 256 gigabaytlik doimiy xotira bilan chiqaradi.

Gadjetning ekrani OLED texnologiyasi bo’yicha ishlangan bo’lib, o’lchami diagonaliga 6,92 dyuymlik, unda tasvir aniqligi esa 2460x1080 piksellikdir. Displeyning ortiga yashirilgan selfi-kamera 32 megapiksellik datchikka ega.

 

Android 10 operatsion tizimli ZTE A20 5G modelining akkumulyatori 4120 mA/soatlik tok sig‘imiga ega.

ZTE A20 5G bosh kamerasi to‘rt modulli: 64 + 8 + 2 + 2 megapiksellik sensorlardan iborat.

 

Qurilmaning korpus o’lchami 172,1x77,9x7,9 millimetrga, vazni esa 198 grammga teng. ZTE A20 5G taqdimoti shu avgust oyidayoq bo’lib o’tadi, lekin sanasi va smartfonning narxi hozircha noma'lum.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

OnePlus 8 Pro telefon kamerasi plastik ortidagi narsalarni ham ko‘rsatadi (video) OnePlus 8 Pro telefoni foydalanuvchilari qurilmaning kamerasi yupqa plastik ortidagi narsalarni ko‘rsatishga qodirligini payqadi, deb yozadi Meduza. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun smartfonning kamerasini yoqib, infraqizil nurlanishni qayd etuvchi fotoxrom filtrga o‘tilsa, kifoya. Ushbu xususiyatga Reddit foydalanuvchilari hamda latviyalik texnobloger Ben Geskin e’tibor qaratdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri. Geskin kamerani Apple TV pristavkasi va Oculus Quest VR-shlemida sinab ko‘rdi. «OnePlus 8 Pro smartfoni kamerasining fotoxrom filtri ayrim plastik buyumlar ichidagi narsalarni ko‘rsatadi. Mana bu Oculus Quest’da qanday ko‘rinadi».      «Mana eng yaxshi misollardan biri. OnePlus 8 Pro smartfoni kamerasining fotoxrom filtri ayrim plastik buyumlar ichidagi narsalarni ko‘rsatadi».     Ayrimlar pult tarkibini o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi. Kameraning plastik buyumlar ichidagi narsalarni ko‘rsatish xususiyati kiyimlarga nisbatan ishlamasligi kerak, aslida. Biroq AndroidPIT texnologik nashri jurnalistlari qora futbolka ichiga yashirilgan qog‘ozni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.   Mirzo Ulug‘bek tumanida karantin cheklovlariga amal qilish bo‘yicha nazorat kuchaytirildi Tezkor! Rossiya koronavirus epidemiyasini to‘xtatganligini ma’lum qildi Britaniyaning Sonantic startapi sun’iy intellektni yig‘lashga va xo‘rsinishga o‘rgatdi! Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring