BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Ekologiya: Qora dengiz suvlari nega o'zgarmoqda!

Rossiyaning Anapa sohillarida Qora dengiz suvining rangi o‘zgara boshladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Qora dengizning Anapa sohillarida suv rangi yashil tusga kirgan. Bu yil yoz odatdagidan ko‘ra sovuqroq boshlangani tufayli, ushbu hodisa har yilgiga qaraganda kech boshlangan. 

Ma’lum qilinishicha, Qora dengiz rangi har yili iyul-avgust oylarida yashil tusga kiradi. Bunga asosiy sabab esa issiq ob-havo tufayli dengiz o‘tlarining haddan tashqari o‘sib ketishi. 

Dengiz o‘tlari o‘zidan yoqimsiz va badbo‘y hid chiqaradi, turli hasharotlarni o‘ziga jalb qiladi. Bu holat esa dengizda suzuvchilar uchun juda yoqimsiz holat hisoblanadi. 

Ekologlarning fikricha, muammoni hal qilishning yagona yo‘li suv o‘tlarini muntazam ravishda olib tashlash (mexanizatsiya yoki qo‘lda yig‘ish). 

Avvalroq, Marmar dengizining Turkiyaning eng yirik megapolisi Istanbul bilan tutash qismini shilimshiq suyuqlik qoplagandi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, gelga o‘xshash modda suv tubida ham mavjud.

Chet eldan keladiganlar uchun karantin qoidalari kichaytirildi! AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Botir Qurbonov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda O‘zbekistonda SOVID-19ga qarshi kurash doirasida qilinayotgan ishlar, emlash jarayonidagi muhim vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Respublika hududiga koronavirus infeksiyasining chetdan kirib kelishini oldini olish maqsadida joriy yil 20 iyuldan boshlab O‘zbekiston chegarasidan avtoyo‘l chegara o‘tqazish punkti orqali kirib kelayotgan shaxslarni o‘z mablag‘lari hisobidan chegara o‘tqazish punklarida  ekspress antigen test usulida tahlil topshirishlari va manfiy natija qayd etilgan holdagina Respublika hududiga kiritilishiga ruxsat beriladi. Shu bilan birga, avtoyo‘l chegaralarida ekspress antigen test tahlilida musbat natija qayd etiladigan bo‘lsa chet el fuqarolari yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Respublika hududiga kiritilmaydi. Bunda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan va O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mustasno sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yashashga ruxsat berilgan fuqarolarda koronavirus infeksiyasi aniqlanganda COVID-19 bo‘yicha tashkil etilgan maxsus shifoxonalar yoki kasallik darajasiga ko‘ra uy sharoitida davolanishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, So‘x tumani, Shohimardon, Cho‘nqara, Toshtepa aholi punktlarida chegara hududlaridagi avtotransport chegarasi alohida hudud deb yuritilib, O‘zbekiston respublikasi tomonidan tranzit tarzda borayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan koronavirus infeksiyasiga barcha turdagi test tahlillarini topshirish talab etilmaydi. Mazkur tartib alohida hududlarga kirib-chiqayotgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolariga tadbiq etiladi. Har kuni ishga qatnayotgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlatlari o‘rtasida kunlik qatnab, faoliyat amalga oshirayotgan shaxslarga alohida imtiyoz berildi.

Fikr qoldiring