EFC. Azamat Nuftillayevning jangi muddatidan avval yakunlandi (video)

 
Xabaringiz bor, ayni daqiqalarda "EFC 33" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu jang kechasining navbatdagi to‘qnashuvida hamyurtimiz Azamat Nuftillayev rossiyalik Gennadiy Gusevga qarshi bahs olib bordi.

Birinchi raund davomida to‘liq ustunlik namoyish etgan "Ajdar" laqabli sportchimiz raqibini texnik nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

Bugungi g‘alaba bilan Nuftillayev hisobidagi g‘alabalar soni 7 taga yetdi. Mazkur jangni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:  
 

 

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring