DXX tomonidan odam savdosiga chek qo`yildi

Bugungi kunda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan odam savdosiga qarshi kurashish borasida qat`iy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, DXX Namangan viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati Xo`jaobod tumanida joylashgan “Do`stlik” xalqaro nazorat o`tkazish maskanida Namangan shahrida yashovchi ayol N.N. o`zining 2 nafar tanishini Turkiya davlatiga fohishalik qilish maqsadida olib ketayotgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, 1987 y.t. N.N. joriy yilning mart oyida Turkiya davlatidan doimiy yashash manziliga qaytib kelgach, 1990 va 1993 y.t. ikki nafar tanish ayollarini Istanbul shahrida fohishalik bilan shug`ullanib, mo`may pul topishga qiziqtiradi. 

Реклама на Unews

So`ngra Turkiyaga Qirg`iziston orqali ketishlarini aytib, ularga o`z hisobidan Bishkek-Istanbul aviareysiga chiptalar xarid qiladi, shuningdek, viza hamda chet elga chiqish pasportlari uchun to`lovlarni ham amalga oshiradi. 

Bu bilan ularni o`ziga moddiy jihatdan qaram qilib, manzilga etib borganlaridan keyin bir oy davomida fohishalik qilish orqali sarflangan yo`l xarajatlarini qoplashlarini hamda har oyda ishlab topgan pullarining 30 foizini berishlarini talab qiladi. 

Ta`kidlash lozimki, N.N. Turkiyada bo`lgan davrida O`zbekistondan olib borilgan ayollarni fohishalik bilan shug`ullanishga majburlab kelgan.

Реклама на Unews

Hozirda N.N.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring