DXX: "Tavhid va jihod katibasi" terroristik guruhi tarafdori xorijda ushlandi

1987 yil Surxondaryo viloyatida tug`ilgan "J.X." 2016-2021 yillarda mehnat migranti sifatida Rossiya Federasiyasining Krasnodar o`lkasida ishlashi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali Suriya davlati hududidagi "Tavhid va jihod katibasi" terroristik guruhi a`zolari bilan muloqotga kirishib, ularning ta`siriga tushib qoladi.

Natijada "J.X." ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar g`oyaviy rahnamolarining "jihod"ga chorlovchi materiallarini o`zining yaqin tanishlari orasida targ`ib qila boshlaydi.

Shuningdek, u jangarilar safiga qo`shilish maqsadida Suriyaga ketmoqchi bo`lgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Rossiya huquq-tartibot idoralari hamkorligida ushlanib, O`zbekistonga olib kelindi.

Реклама на Unews

Hozirda unga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring