BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

DXX joylarda er maydonlarining noqonuniy sotilishiga qarshi tezkor tadbirlar o`tkazmoqda

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, mahalliy qurilish firmalaridan biriga 2022 yilning dekabr oyiga qadar ko`p qavatli uylar qurishi uchun Samarqand shahri hududidan ajratilgan 1 gektar erning noqonuniy sotilishiga chek qo`yildi. 

Xususan, Samarqand shahrida yashovchi 4 nafar yakka tartibdagi tadbirkor o`zganing ishonchiga kirib, ushbu er maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga talab qilingan 430 ming AQSh dollaridan 250 ming dollarini avans sifatida olgan vaqtlarida ushlandi. 

Nurobod tumanida kuzatilgan holatda esa mas`uliyati cheklangan jamiyat rahbari mazkur MChJ balansidagi lalmi er maydonlaridan 10 gektarini xaridor nomiga o`tkazib berish evaziga 250 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 100 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Samarqand tumanida yashovchi, 1992 y.t. fuqaro o`zini go`yoki Urgut tumanidagi mahalliy fermer xo`jalik rahbari sifatida tanishtirib, xaridorga ushbu xo`jalikning 1 gektar er maydonini 50 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida, shuningdek, Samarqand shahrida yashovchi, 1989 y.t. shaxs o`zi ijara asosida foydalanayotgan Jomboy tumanidagi «Mirza-Pay» irrigasiya tizimi boshqarmasiga qarashli 90 sotix er maydonini 60 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 30 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Urganch shahrida yashovchi, 1985 y.t. fuqaro 2021 yil Qoraqalpog`iston Respublikasining Ellikqal`a tumanida qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirish maqsadida zamonaviy issiqxona tashkil etish uchun mahalliy mas`uliyati cheklangan jamiyatga ajratilgan 1,5 gektar erni mazkur MChJ rahbari bilan kelishgan holda, xaridor nomiga rasmiylashtirib berish hamda bankdan 2 mln. AQSh dollari miqdorida kredit olishida yordam berish evaziga 90 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 80 ming dollar olgan vaqtlarida ushlandi.

Xizmatning Farg`ona viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Rishton tumani hokimligi mutaxassisi tuman markazidagi 3 sotix bo`sh er maydonini mansabdor tanishlari orqali fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish va u erda savdo do`koni qurishi uchun ruxsat olib berish evaziga 22 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. 

Shuningdek, Farg`ona tumani hududidan intensiv uzumchilik yo`nalishida foydalanish uchun ijara asosida berilgan 1 gektar er maydonini 15 ming AQSh dollariga sotishga uringan fermer xo`jalik rahbari ham qo`lga olindi. 

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida qayd etilgan holatda esa g`allachilikka ixtisoslashgan fermer xo`jalik rahbari xaridorga mazkur xo`jalikning 20 gektar er maydonini 230 mln. so`mga sotishga kelishib, oldindan 100 mln. so`m olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda asfalt o‘rniga sement-beton yo‘llar quriladi O‘zbekistonda kelayotgan yillardan asfalt o‘rniga sement beton yo‘llar qurishga o‘tiladi. Bu haqida prezident huzurida 7 aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda ma’lum bo‘ldi.Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda aholidan kelib tushayotgan murojaatlarning 25% ichki yo‘llar bilan bog‘liq muammolar haqida. Ushbu munosabat bilan ichki yo‘llar sifatini yaxshilash bo‘yicha Andijon viloyatida yangi tajriba boshlangan.Xususan, sement ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan klaster tashkil etilib, 31 ta chekka mahalladagi 23 kilometr yo‘l sement-beton qoplamaga o‘tkazilgan. Bunda asfalt qoplamalarga nisbatan 600 million so‘m iqtisod qilingan, 350 ming dollarlik bitum importi uchun mablag‘ tejalgan.Eng asosiysi, ushbu klaster o‘zi qurgan yangi sement-beton qoplamali yo‘llarni 10 yil davomida kafolatli saqlashni zimmasiga olgan.Ushbu tajriba asosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda jami 2 ming 300 kilometr sement-beton qoplamali ichki yo‘llar barpo etish vazifasi qo‘yildi.Hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yil yakuni bilan mahalliy sement ishlab chiqarish hajmi 18 million tonnaga yetadi. Bu bilan ichki ehtiyojlar to‘liq qoplanadi. Undan tashqari 1 maydan boshlab yil yakuniga qadar, sement-beton qoplamali yo‘l qurish texnikalari importi bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi.Bundan tashqari, joriy yilda tuman markazlari va shaharlarda 670 kilometr piyoda va velosiped yo‘laklari barpo etish rejalashtirilgan. Ularni ham sement-betondan qurish, loyihalashda drenaj tizimiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Fikr qoldiring