Dunyoning eng boy odami o‘z kompaniyasi muvaffaqiyati siri bilan bo‘lishdi

Bezosning ta’kidlashicha, kompaniya uchun bosh omil mijozlarga doimiy e’tibor hisoblanadi. U bu haqda Business Insider nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Bu haqida "Zamin.uz" nashri xabar bermoqda.

Bezosning ta’kidlashicha, agar hamma e’tibor raqobatchilarga qaratilsa, unda tezda motivatsiyani yo‘qotish mumkin.
Siz allaqachon oldindasiz – unda yugurishning nima keragi bor? Agar siz e’tiborni mijozlarga mujassamlashtirsangiz, agar bu sizning motivatsiya bo‘lsa, bu juda barqaror omildir”, deb aytgan tadbirkor.

Bezos hattoki yetakchi kompaniyaning ham mijozlari nimadandir norozi bo‘lishlari mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
Uning fikricha, har bir tadbirkor javob berishi kerak bo‘lgan asosiy savol “10 yildan keyin nima o‘zgarmaydi?” degan savoldir.

Milliarderning tushuntirishicha, kompaniya asoschilari uzoq vaqt davomida barqaror qoladigan narsa atrofida strategiyani qurishlari mumkin.

Ayni vaqtda Bezosning boyligi 143 mlrd dollarga baholanmoqda. Avvalroq Comparisum xizmati tahlilchilari 2026 yilga kelib u trillion dollarga ega dunyodagi ilk kishiga aylanishi mumkinligini aytishgan.

Aprel o‘rtasida Amazon’ning bozor narxi 1,14 trln dollarga yetgan, bu esa kompaniya uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring