Dunyodagi eng xaridorgir koronavirusga qarshi vaksina qaysi ekani aytildi

Dunyoda eng ko‘p Buyuk Britaniyaning AstraZeneca kompaniyasi ishlab chiqarayotgan vaksina sotib olinyapti. Bu haqda “Bloomberg”ning Airfinity Ltd tadqiqot kompaniyasi va Oksford universiteti ma’lumotlariga asoslanib tuzgan reytingida ko‘rsatilgan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, AstraZeneca vaksinasi sotuvining 40 foizi yoki 2,4 mlrd dozasi o‘rtacha va past daromadli mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. AQSH ushbu kompaniyaning 300 mln, Yevropa mamlakatlari esa 505,3 mln doza vaksinasiga buyurtma bergan. 

AstraZeneca vaksinasining samaradorligi 70 foizni tashkil qildi. Amerikaning Pfizer va Moderna kompaniyalari ishlab chiqqan vaksinalar 95 foiz samaradorlik ko‘rsatdi.

Реклама на Unews

AstraZeneca vaksinasiga talabning yuqoriligi uning narxi bilan bog‘liq ekani taxmin qilinyapti. Kompaniya pandemiya vaqtida preparatdan foyda olish niyatida emasligini aytib, uni 4-5 dollardan sotishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi.

Solishtirish uchun: Pfizer vaksinalarining bir dozasi AQSHda 19,5 dollar, Moderna vaksinasi 25-37 dollar.

Bundan tashqari, AstraZeneca yana bir ustunlikk egaligi ta’kidlangan. Uni oddiy muzlatkichda saqlash mumkin. Pfizer va Moderna vaksinalari esa yanada past haroratni talab qiladi. Masalan, Pfizer Selsiy bo‘yicha -70 darajada saqlanadi.

Реклама на Unews

Oldindan eng ko‘p buyurtma berilgan vaksinalar orasida ikkinchi o‘rinni Amerikada ishlab chiqarilayotgan Novavax vaksinasi egalladi. Unga 1,4 mlrd doza buyurtma berilgan. Shundan 160 mln – AQSH, 100 mln – Yevropa. Uchinchi o‘rinni Johnson & Johnson egallagan. Uning preparatiga 1,3 mlrd doza buyurtma tushgan.

Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi yettinchi o‘rinni egallagan. Bu vaksinaga 537,4 mlndoza buyurtma berilgan. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring