Dunyodagi eng baxtli odamlar yashaydigan mamlakatlar

Sakkiz yil oldin BMT turli mamlakatlarda "baxt indeksini" o‘rganishni boshladi. U aholi jon boshiga YAIM darajasi, davlatning ijtimoiy ko‘magi, umr ko‘rish davomiyligi, korrupsiya, aholining saxiyligi hamda tanlov erkinligi kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Quyidagi ushbu indeksga ko‘ra, dunyodagi eng baxtli odamlar yashaydigan mamlakatlar haqida bilib olishingiz mumkin...

Finlyandiya

Реклама на Unews

Bu dunyodagi eng baxtli mamlakat. Ijtimoiy sohasi yaxshi rivojlangan: ta’lim, tibbiyot, aholining zaif qatlamlari yaxshi qo‘llab-quvvatlanadi. O‘zining siyosiy barqarorligi hamda yaxshi pul ishlab topish kabi xususiyatlari bilan mashhur Finlyandiyaga ko‘chib borish hamda ko‘proq imkoniyatlarga egasiz bo‘lish uchun shved hamda fin tillarini bilish kerak bo‘ladi. Ammo ushbu baxtli mamlakatda ham ba’zi kamchiliklar mavjud: qimmat ko‘chmas mulk, ish topishdagi qiyinchiliklar.

Daniya

Baxt darajasi jihatidan ikkinchi o‘rinda ko‘pchilik uchun orzudagi mamlakatga aylanib borayotgan Daniya turadi. Ammo bu yerga ko‘chib o‘tishni rejalashtirishdan oldin mamlakat iqtisodiyotga sarmoya kiritish orqali fuqarolikni olish mumkin emasligini bilish foydadan xoli bo‘lmaydi. Buning o‘rniga jamg‘armasi kamida 50 ming yevroni tashkil qiluvchi kompaniya ochish hamda Daniya uchun foydali biznes g‘oyalar va loyihalarni rivojlantirishga harakat qilish talab etiladi.

Реклама на Unews

Norvegiya

Uch baxtli mamlakat reytingiga o‘ziga xos tabiati, ekologiyasi va yuqori turmush darajasi bilan mashhur boshqa bir Skandinaviya mamlakati - Norvegiya yakun yasaydi.

Bu yerda bepul ta’lim olish va Yevropadagi eng yuqori ish haqiga ega bo‘lish mumkin.

Ushbu mamlakatda ko‘chmas mulkka sarmoya kiritish orqali yashash uchun ruxsat olishning iloji yo‘q, ammo korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish ushbu biznesga hissa qo‘sha oladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring