Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 11 millionga yetdi

4 iyul, shanba kuni butun dunyoda yangi turdagi koronavirusga chalinish holatlari soni 11 millionga yetdi. Koronavirusga doir statistikani real vaqt rejimida yuritadigan Jon Xopkins univeristeti ma’lumotlari bundan darak bermoqda,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri. 

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda 11 031 905 kishi koronavirusga chalingan, ulardan 523 777 nafari allaqachon vafot etdi.

Eng ko‘p koronavirusga chalinish holatlari AQSh (2,7 mln.), Braziliya (1,5 mln.dan ortiq) hamda Rossiya (667 ming) da aniqlangan.

Реклама на Unews

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Janubiy yarim shardan boshlab butun dunyoda koronavirusning ikkinchi to‘lqinini tarqala boshlaganini ma’lum qildi.

Avvalroq mutaxassislar COVID-19 ning ikkinchi to‘lqini kuzda qaytalanishi haqida prognoz qilgan edi. Biroq raqamlar ushbu prognozning avvalroq kelayotganini ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga, virus tarqalish tezligi ham ortib bormoqda. Dunyoda koronavirus yuqtirish holatlarining yana bir millionga ko‘payishi uchun atigi 5 kun vaqt kerak bo‘ldi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring