BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 100 mln.ga yaqinlashdi

Jons Xopkins universiteti: dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 99,7 million nafardan ortiqni tashkil etmoqda

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 98 million 794 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 124 mingdan ziyod kishi vafot etgan (25.01.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko`ra).  Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 514 098 yangi holati aniqlandi, 11 434 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (26.01.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 99 million 718 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 139 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 24,775 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (10,667 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (8,816 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (3,738 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (3,647 milliondan ortiq).  

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 170 883, Hindistonda 13 203, Braziliyada 62 334, Rossiyada 19 290, Buyuk Britaniyada esa 30 004 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Fikr qoldiring