Dunyo "tirilmoqda"! Turkiya sayyohlar uchun eshiklarini ochdi!

Turkiya kecha, 11 iyun kuni mamlakatga kirib-chiqish uchun o‘rnatilgan cheklovlarni yumshatdi. Turkiyaliklar va xorijiy fuqarolarga mamlakatga kirib chiqishga ruxsat berildi. Faqatgina quruqlik orqali Eron bilan chegara orqali kirishga bo‘lgan taqiq saqlab qolindi. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an boshchiligida o‘tgan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan keyin shunday qarorga kelingan. Mamlakatga kirish va chiqish uchun o‘rnatilgan cheklovlar, Eron bilan chegaradan tashqari barcha hududlar uchun bekor qilingan.

Havo qatnovlari Sog‘liqni saqlash, Tashqi ishlar va Transport vazirliklari tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

Реклама на Unews

Turkiyaga kirayotgan mamlakat fuqarolari va xorijliklar tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Kirish va chiqish joylari Ichki ishlar, Tashqi ishlar va Transport vazirliklari tomonidan qabul qilingan normalarga moslashtiriladi.

Yangi qaror mamlakatning barcha viloyatlariga yuborilgan.

Реклама на Unews

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 174 023 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 4 763 nafari vafot etgan va 147 860 nafari sog‘aygan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring