Dunyo bo`yicha birinchi ro`yxatga olingan koronavirusga qarshi vaksinaga nom berildi

Dunyo bo`yicha birinchi ro`yxatga olingan koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi vaksina “Sputnik V” deb nomlandi. Bu birinchi sun`iy yo`ldoshning analogiga o`xshaydi, deb xabar berilgan dori veb-saytida,  deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

“1957 yilda SSSR tomonidan birinchi kosmik sun`iy yo`ldosh muvaffaqiyatli ishga tushirilishi butun dunyo bo`ylab kosmik tadqiqotlarni kuchaytirgandi”, deyiladi xabarda.

Ushbu sayt Rossiya vaksinasi haqida batafsil va dolzarb ma`lumotlarni tarqatish, shuningdek, ba`zi xalqaro ommaviy axborot vositalarida dori to`g`risidagi noto`g`ri kampaniyaga qarshi kurashish uchun yaratilganligi ta`kidlangan.

Реклама на Unews

Bundan tashqari, xabarda dunyoda ishlab chiqilayotgan boshqa vaksinalar haqida ma`lumot berilgan. Gap virusli vektorli vaksinalar va viruslar, nuklein kislotalari hamda oqsillar asosida yaratilgan preparatlar haqida bormoqda. “Sputnik V”  vaksinasi adenovirus vektor asosida yaratilganligi aniqlangan. Umuman olganda, dunyoda koronavirus infeksiyasiga qarshi 165 ga yaqin turli xil dorilar ishlab chiqilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring