«Dramatik kecha»: Madrid va Myunxen «portladi»

Yevropa Chempionlar Ligasining yarim final javob uchrashuvlari dramatik tarzda kechdi.

Safarda «Chelsi»ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan «Real» o‘z maydonida ketma-ket uchta to‘p o‘tkazib yuborib, juda qiyin vaziyatga tushib qoldi.

London klubi Maunt, Ryudiger va Vernerning gollari evaziga kambek qilib ketishga juda yaqin edi. Ammo yosh Rodrigo madridliklar uchun xaloskor vazifasini bajarib, so‘nggi daqiqalarda gol urdi va jamoasini qo‘shimcha bo‘limlarga olib chiqdi. 96-daqiqada esa Benzema g‘alaba golini urdi. 

Реклама на Unews

Navbatdagi drama Myunxenda davom etdi. O‘z maydonida minimal hisobda g‘alaba qozongan «Vilyarreal» safarda ham dahshatli raqibiga qarshi turib bera oldi va durangga erishib, o‘z tarixida ikkinchi bor Chempionlar Ligasi yarim finaliga yo‘l oldi. 

YeChL. 1/4 final. 12 aprel
Javob o‘yinlari

Real — Chelsi 2:3
Gollar:
 Rodrigo (80), Benzema (96) — Maunt (15), Ryudiger (51), Verner (75).
Real – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Nacho (Vaskes, 88), Mendi (Marselo, 78), Modrich, Kroos (Kamavinga, 73), Kazemiro (Rodrigo, 78), Valverde, Benzema, Vinisius Junior (Sebalos, 115). 
Chelsi – Mendi, Tiago Silva, Ryudiger, Jeyms, Alonso, Loftus-Chik (Saul, 105), Kovachich (Jorjino, 105), Kante (Ziyosh, 100), Maunt, Haverts, Verner (Pulishich, 83).
Ogohlantirishlar: Jeyms (10), Benzema (37), Valverde (68), Kamavinga (90+1), Ziyosh (102), Haverts (109), Aspilikueta (113), Karvaxal (118).
Birinchi o‘yin — 3:1.

Реклама на Unews

Bavariya — Vilyarreal 1:1
Gollar:
 Levandovski (52) — Chukvueze (88).
Bavariya – Noyer, Ernandes (Devis, 87), Upamekano, Pavar, Goretska, Kimmix, Musiala (Gnabri, 82), Myuller (Shupo-Moting, 90), Levandovski, Koman, Sane. 
Vilyarreal – Ruli, Foyt, Albiol, Pau Torres, Estupinyan, Lo Chelso, Koklen (Chukvueze, 84), Kapu, Parexo (Ore, 90+3), Xerar Moreno, Danjuma (Pedrasa, 84).
Ogohlantirishlar: Levandovski (33), Foyt (59), Lo Chelso (90+1).
Birinchi o‘yin — 0:1.

Endi «Real» final yo‘llanmasi uchun «Atletiko» — «Manchester Siti» juftligi g‘olibi bilan, Emeri jamoasi «Liverpul» — «Benfika» juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring