Do`stlik tumanidagi 14-maktab o`quvchisi homilador ekani aniqlandi

Do`stlik tumani Xalq ta`limi bo`limiga qarashli 14-umumta`lim maktabi o`quvchilaridan biri A.Alieva (ism-shariflari o`zgartirilgan) Do`stlik tuman tibbiyot birlashmasida 2020 yil yanvar oyida tibbiy ko`rikdan o`tkazilganida unda xomiladorlik alomatlari aniqlangan. Bu haqda Jizzax viloyati prokuraturasi xabar bermoqda. 

Holat bo`yicha o`sha vaqtning o`zida tuman IIBga xabar berilgan va IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilib, natijasiga ko`ra biron-bir shaxsning harakatlarida jinoyat a`lomatlari bo`lmaganligi sababli jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish to`g`risida qaror qabul qilingan.

Bundan tashqari, Do`stlik tuman prokuraturasi tomonidan Alievaning xomiladorligi holati yuzasidan va O`zbekiston Respublikasining 29.08.2010 yildagi “Voyaga etmaganlar o`rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to`g`risida”gi Qonuni ijrosi bo`yicha o`tkazilgan tekshirish natijasiga ko`ra, tuman Xalq ta`limi bo`limiga kiritilgan taqdimnomaga asosan 14-umumta`lim maktabining 4 nafar mansabdor shaxslariga intizomiy jazo qo`llanilgan.

Реклама на Unews

Shu bilan birga, voyaga etmagan Alieva va Odilovlarning onalari o`z farzandlariga ta`lim-tarbiya bermaganliklari uchun O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan ma`muriy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, taraflar o`zaro turmush qurish istagini bildirganliklari sababli Oila kodeksi talablariga asosan ularning nikoh yoshini qisqartirish to`g`risida tuman hokimining tegishli qarori qabul qilingan.

Hozirda videomurojaatda qayd etilgan fuqaro Z.D.ga XTB mudiri mablag` taklif qilganligi holati yuzasidan Do`stlik tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring